Rossiyaning Yerevandagi elchixonasi namoyishchilar tomonidan to‘sib qo‘yildi

Olam

image

Armaniston poytaxti Yerevanda namoyishchilar Rossiya elchixonasini to‘sib qo‘ydi. Bu haqda TASS xabar berdi.

Unda aytilishicha, namoyish paytida elchixona xodimlari binoni tark eta olmagan. Rossiya diplomatik departamentining ma’lumotiga ko‘ra, ko‘plab namoyishchilar binoning asosiy kirish qismida to‘plangan. Elchixonaning orqa chiqish eshigi ham to‘sib qo‘yilgan. 

“Elchixonaga olib kelingan bolalar va xotin-qizlar haqidagi ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Ularga nisbatan hech qanday tahdid yo‘q”, degan departament xodimi.

Namoyishchilar so‘ngra Armaniston hukumati binosiga bostirib kirib, bino atrofidagi politsiya postini buzib o‘tishga harakat qilgan.

Ma’lumot uchun, avvalroq Rossiyaning Yerevandagi elchixonasi yonida namoyishchilar va politsiya o‘rtasida to‘qnashuvlar boshlangandi. Armanistonliklar Rossiyani Tog‘li Qorabog‘dagi vaziyatni tartibga solishga chaqirgan.


Maqola muallifi

Teglar

namoyishchilar Erevandagi elchixona

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing