“G‘azodagi voqealarga befarq emasmiz” – Melburnda minglab namoyishchilar to‘plandi

Olam

image

Isroil Prezidenti Isxak Gersogning Avstraliyaga tashrifi yakuniga yetar ekan, Melburn ko‘chalarida minglab falastin tarafdorlari yig‘ildi. Avvalroq Kanberrada norozilik aksiyalari o‘tkazilgan, Sidneydagi namoyishlar esa politsiya bilan to‘qnashuvlarga aylanib, 27 kishi hibsga olingan edi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Yetakchi Bosh vazir Entoni Albaniz taklifiga binoan, dekabr oyida Sidneydagi Hanukka tadbirida 15 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan otishmadan keyin mamlakatga tashrif buyurgan.

Melburn markazida yig‘ilgan olomon Falastin bayroqlarini ko‘targancha, mahsus kiyimlarda ko‘rinish berdi. Namoyishchilar BMT komissiyasining G‘azodagi voqealar yuzasidan chiqargan xulosalariga tayanib, Isroil rahbariyatini, jumladan Gersogni ham tinch aholi o‘limlariga aloqadorlikda ayblamoqda. Isroil tomoni bu ayblovlarni qat’iyan rad etmoqda.

Ayrimlar G‘azodagi vayronagarchilik ularni befarq qoldirmaganini aytib, hukumatni qat’iyroq pozitsiyada bo‘lishga chaqirdi. Shu kuni Melburn universiteti hududida prezidentning o‘limiga chaqiruvchi graffit paydo bo‘lgani ma’lum qilindi, holat yuzasidan politsiya tekshiruv boshlagan. Uning namoyishlar bilan bog‘liqligi tasdiqlanmagan.

Gersog esa Avstraliyada “qo‘rqinchli darajadagi antisemitizm” mavjudligini ta’kidlab, o‘ziga qo‘yilayotgan genotsid haqidagi ayblovlarni “yolg‘on” deb atadi. U Melburndagi yahudiylar jamoasi tadbirida kuchli politsiya nazorati ostida so‘zga chiqdi.

Eslatib o‘tamiz, kecha AQSH Prezidenti Donald Tramp Oq uyda Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu bilan uchrashdi. Yopiq eshiklar ortida o‘tgan suhbat davomida Netanyaxu Trampni Eronning nafaqat uranni boyitishini to‘xtatish, balki ballistik raketa dasturi hamda HAMAS va “Hizbulloh” kabi guruhlarni qo‘llab-quvvatlashini cheklovchi keng qamrovli kelishuvga erishishga undagan. Tomonlar o‘rtasidagi muloqot deyarli uch soat davom etgan. Tramp uchrashuvdan so‘ng, hech qanday matbuot anjumani o‘tkazmagan.

Musulmon Sodiq


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

voqealar G'azo namoyishchilar Melburn

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing