Rossiyaning o‘zi O‘zbekistondan migrantlarni poyezdlarda olib ketmoqchi

Olam

image

Rossiya Federatsiyasi Qurilish vazirligi O‘zbekiston bilan migrantlarni charter poyezdlarda tashish tartibini muhokama qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Qurilish vazirining o‘rinbosari Nikita Stasishin Sharqiy iqtisodiy forumda e’lon qilgan.

“Biz hozirda Tatyana Galikovaning ko‘rsatmasi bilan ishlayapmiz. Kelasi haftada biz O‘zbekistonga safar qilamiz va migrantlarni markazlashtirilgan tarzda Qozog‘iston orqali olib kelishga imkon beruvchi barcha jarayonlarni, jumladan muhojirlarni saralash, emlash ishlarini amalga oshiramiz”, degan Stasishin.

Uning so‘zlariga ko‘ra, muhojirlarni tajriba tarzida Rossiyaga olib kelish tartibini yil oxirigacha yakunlash rejalashtirilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, Rossiya Qurilish vazirligi mamlakatdagi qurilish maydonlarida ishlash uchun charter poyezdlarda mehnat muhojirlarini olib kirish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

migrant poezd

Baholaganlar

870

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing