Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushida KXDRning 300 askari allaqachon halok bo‘ldi – Seul

Olam

image

Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushida qatnashgan Shimoliy Koreyaning 300 ga yaqin askari halok bo‘ldi, yana 2700 nafari yaralandi. Bu haqda bugun, 13 yanvar kuni Janubiy Koreya parlamenti deputati Li Song Kvun mamlakatning razvedka ma’lumotlariga tayanib ma’lum qildi.

“Shimoliy Koreya qo‘shinlarining Rossiyada joylashtirilishi Kursk viloyatini ham qamrab olgani xabar qilinmoqda, Shimoliy Koreya kuchlari orasida qurbonlar soni 3000 dan oshgan, jumladan ularning 300 ga yaqini o‘lgan va 2700 kishi yaralangan”, dedi deputat Li Song Kvun Milliy razvedka xizmatida brifingi chog‘ida.

Askarlarga taslim bo‘lish taqiqlangan

Deputatning so‘zlariga ko‘ra, Shimoliy Koreyaning elita harbiylar korpusidan ekani taxmin qilinayotgan askarlarga, agar qo‘lga tushish xavfi bo‘lsa, o‘z joniga qasd qilish buyurilgan.

“Ayniqsa, ta’kidlash joizki, halok bo‘lgan askarlarning ustida topilgan yozuvlar Shimoliy Koreya hukumati tomonidan qo‘lga tushmaslik uchun ularni o‘z joniga qasd qilishga yoki o‘zini portlatishga majburlash bo‘yicha bosimdan dalolat beradi”, dedi janubiy koreyalik qonunchi.

Bu askarlarning ba’zilari “afv etilgan” bo‘lsa, boshqalari janglarda qatnashib, hayotini yaxshilash umidida ixtiyoriy ravishda KXDR ishchilar partiyasiga qo‘shilgan. Asirga tushishga yaqin turgan Shimoliy Koreya askarlaridan biri “General Kim Chen In!” deb qichqirgan va granatani portlatmoqchi bo‘lgan, lekin otib tashlangan.

NIS ekspertlari tahlili shuni ko‘rsatdiki, Shimoliy Koreya askarlari “zamonaviy urushni yaxshi tushunmaydi” va ulardan juda halokatli janglarda foydalanilmoqda.

Zelenskiy mahbuslarni Kim Chen Inga qaytarishga tayyor

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bir kun avval Kiyev Shimoliy Koreyaning ikki askarini qo‘lga olganini aytib , yarador askarlarning so‘roq qilinishi aks etgan videoni e’lon qilib, ularni asirga olingan ukrainalik askarlarga almashtirish imkoniyati masalasini ko‘tardi.

“Ukraina Kim Chen Inning askarlarini Rossiyada asirlikda bo‘lgan askarlarimiz bilan almashishni tashkil qila olsa, qaytarishga tayyor. Qaytishni istamagan Shimoliy Koreya harbiylari uchun boshqa variantlar taklif qilinishi mumkin”, deb yozdi Zelenskiy X ijtimoiy tarmog‘idagi postida.

Uning ta’kidlashicha, asirga olingan Shimoliy Koreya askarlari soni shubhasiz ko‘proq bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina askarlari janglar davom etayotgan Rossiyaning Kursk viloyatida 2 nafar Shimoliy Koreya askarini asirga olgandi. Zelenskiy e’lon qilgan videoda Shimoliy Koreyadagi ikki harbiy asirning so‘roq qilinayotgani aks etgan: biri karavotda yotgan, ikkinchisining jag‘i bog‘langan. Erkaklardan biri tarjimon orqali Ukrainada jang qilishini bilmaganini va uning qo‘mondonlari “bu shunchaki mashg‘ulot bo‘lganini aytishganini” ma’lum qilgan. Tarjimada, taxmin qilingan askarlardan biri KXDRga qaytishni xohlayotganini bildirgan. Yana biri aytilgan hamma narsani qilishini, biroq imkoniyat tug‘ilsa, Ukrainada qolishni istashini aytgan. Ukraina Prezidenti, asirlardan biriga tegishli bo‘lgan harbiy guvohnoma fotosuratini ham chop etgan. Hujjat Rossiyaning Tuva hududida 1998 yilda tug‘ilgan Aranzin ismli askarniki ekani ko‘rinadi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ukraina KXDR

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing