Kurs UZS

USD

12 933.16

-14.94

EUR

14 719.23

23.14

RUB

158.28

1.35

Rossiyaning Sumiga raketa zarbasi 30 dan ortiq odamning “yostig‘ini quritdi” (video)

Olam

image

Rossiya qo‘shinlari Ukrainaning Sumi shahri markaziga raketalar bilan zarba berdi. Oqibatda 30 dan ortiq odam halok bo‘ldi, 80 dan ortiq kishi jarohat oldi. Bu haqda Sumi viloyati hokimligi xabar berdi.

Shaharga yo‘llangan ikkita raketa hujumi ortidan so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 31 kishi, jumladan, ikki bola halok bo‘lgan. Yana 84 kishi jarohatlangan. Yaradorlar orasida o‘n bola ham bor.

Hujum oqibatlariga oydinlik kiritilmoqda. Sumi viloyati harbiy ma’muriyati o‘qqa tutilganidan so‘ng shahar markazidan olingan surat va videolarni e’lon qildi. Kadrlardan ko‘rinib turibdiki, shahardagi kamida bitta odam yashamaydigan bino vayron bo‘lgan va bir necha avtomobil yonib ketgan.

Bundan tashqari, rasmiylar va Ukraina Telegram-kanallaridan olingan videoda shahar ko‘chalaridan birining o‘rtasida boshlangan kuchli yong‘in ko‘rsatilgan. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarga qaraganda, zarba tufayli trolleybus ham shikastlangan.

BBC Ukraina xizmatiga ko‘ra, hujum bolalar uchun darslar tez-tez o‘tkaziladigan Sumi davlat universitetining Kongress markaziga qaratilgan.

“Odamlar ko‘chaning o‘rtasida, mashinalarda, jamoat transportida, uylarda yaralangan. Politsiya hududga kirishni cheklab qo‘ygan”, dedi Ukraina Ichki ishlar vaziri Igor Klimenko.

Uning aytishicha, ayni damda hujum sodir bo‘lgan joyda qutqaruv va tozalash ishlari olib borilmoqda.

Tramp Rossiyani Ukraina masalasida “harakatni boshlash”ga chaqirdi north_east

Tramp Rossiyani Ukraina masalasida “harakatni boshlash”ga chaqirdi

“Rossiya ballistikasining Sumiga dahshatli zarbasi. Dushman raketalari oddiy shahar ko‘chasiga, oddiy hayotga: uylarga, ta’lim muassasalariga, ko‘chadagi mashinalarga zarba berdi... Va bu odamlar cherkovga boradigan kunda yuz berdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, gap tinch aholi vakillari orasidagi o‘nlab qurbonlar va yaradorlar haqida ketmoqda”, deya holatni izohladi Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy.

Zelenskiy AQSH, Yevropa va jahonning boshqa davlatlarini shaharning o‘qqa tutilishiga qat’iy munosabat ko‘rsatishga chaqirgan.

“Rossiya aynan shunday terrorni xohlaydi va urushni cho‘zishni istaydi. Bosqinchiga bosim o‘tkazmasdan tinchlikka erishib bo‘lmaydi. Quruq gaplar hech qachon ballistika va havo bombalarini to‘xtata olmagan. Biz Rossiyaga terrorchiga munosib munosabatda bo‘lishimiz kerak”, deya qo‘shimcha qilgan u.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 4 aprel kuni Rossiyaning Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy tug‘ilib o‘sgan shahar – Krivoy Rogga uyushtirgan raketa hujumi oqibatida kamida 18 kishi halok bo‘lgandi. Ular orasida to‘qqiz nafar bola ham bor edi. Shuningdek, hujum oqibatida 50 dan ortiq kishi jarohat olgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ukraina Vladimir Zelenskiy Sumi raketa zarbasi Igor' Klimenko

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing