Rossiyaning “Potok” operatsiyasida qatnashgan askarlarda saraton aniqlandi

Olam

image

Joriy yilning 8 mart kuni Rossiya Federatsiyasi qurolli kuchlarining Kursk viloyatini ozod qilish bo‘yicha ”Potok” operatsiyasida ishtirok etgan harbiylarda o‘pka saratoni aniqlandi. Bu haqda kecha, 26 iyun kuni rossiyalik jurnalist Anastasiya Kashevarova o‘zing Telegram-kanalida xabar berdi.

Xabarda aytilishicha,  askarlar operatsiya davomida 15 km masofani gaz quvurlari ichi orqali bosib o‘tishgan. Kursk shifoxonasiga joylashtirilgan harbiylarga “o‘rtacha og‘irlikdagi o‘tkir bronxit” tashxisi qo‘yilgan va ularga 100 ming rubl tovon puli to‘lab berilgan.

Anastasiya Kashevarovaning yozishicha, mazkur tashxis yolg‘on bo‘lib, askarlardagi kasallik o‘pka saratoni.

“Kursk shifoxonalarida jangchilarga “o‘rtacha og‘irlikdagi o‘tkir bronxit” tashxisi qo‘yilgan. Xuddi itga tashlangandek 100 ming rubl berilgan. Ba’zi askarlarda “o‘tkir bronxit“ allaqachon saratonga aylanib bo‘lgan”, deydi jurnalist.

Qayd etish joiz, joriy yilning aprel oyida “Axmat” maxsus kuchlari qo‘mondoni general-leytenant Apti Alaudinov Sudja shahrida gaz quvuridan o‘tgan jangchilarning aksariyati o‘pkalari bilan bog‘liq muammolar tufayli hozirda shifoxonada ekanini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 26 aprel kuni Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina qurolli kuchlari Kursk viloyatdan to‘liq siqib chiqarilganini e’lon qilgan edi.

Dilshod Hakimov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Rossiya Potok operatsiyasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing