Rossiyaning Ochiq osmon shartnomasidan chiqishiga yana bir davlat munosabat bildirdi
Olam
−
16 yanvar 2021
5536Norvegiya Qirolligi Rossiyaning Ochiq osmon shartnomasidan chiqish uchun harakatga kirishganidan umidsizlikka tushdi. Bu haqda Norvegiya Tashqi ishlar vaziri Ine Eriksen Syoreyde ma’lum qilgan.
"Norvegiya Rossiyaning Ochiq osmon shartnomasidan chiqish niyati e’lon qilinganidan umidsizlikka tushdi. Ochiq osmon shartnomasi qurolsiz kuzatuv parvozlarini amalga oshirishga imkon beradi, bu esa harbiy faoliyatda shaffoflikni ta’minlashga va ishtirokchi mamlakatlar o‘rtasida ishonchni kuchaytirishga yordam beradi", degan Syoreyde.
Vazir "qurollarni nazorat qilish rejimlarini yo‘q qilish davom etayotgani" Norvegiyani tashvishga solayotganini ta’kidlagan.
Shuningdek, u Ochiq osmon shartnomasini saqlab qolish imkoniyatini muhokama qilish zarurligini qo‘shimcha qilgan.
Avvalroq, Rossiya Tashqi ishlar vazirligi mamlakatning Ochiq osmon shartnomasidan chiqish tartibi boshlanganini e’lon qilgani haqida xabar bergandik.
Shundan so‘ng, Fransiya Tashqi ishlar vazirligi Rossiyaning Ochiq osmon shartnomasidan chiqmoqchi ekanidan afsusdaligini bildirgandi.
Ma’lumot o‘rnida, Ochiq osmon shartnomasi 1992 yil 24 martda Xelsinki shahrida Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotiga (YeXHT) a’zo 23 ta davlat vakillari tomonidan imzolangan.
LiveBarchasi