Rossiyaning neft tankerlari radardan yo‘qolib qolmoqda
Olam
−
23 iyun 2022
16180Rossiya neftini olib ketayotgan va uni boshqa kemalarga qayta yuklayotgan tankerlar dengizdagi harakatni kuzatuvchi tizimlar radaridan g‘oyib bo‘lmoqda, bunday holatlar tez-tez uchrab turibdi. Bu haqda kecha, 22 iyun kuni “Bloomberg” agentligi xabar berdi.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Atlantika okeanida Azor orollari yaqinida taxminan 10 kun ichida kamida uchta tanker “yo‘qolib qolgan”. Bu tankerlar neftni boshqa kemalarga yuklayotgan bo‘lishi mumkin, vaholanki Ukrainadagi mojarodan oldin bunday operatsiyalar amalga oshirilmagan edi. Neftni bir kemadan boshqasiga o‘tkazish odatiy hol, biroq bu holatda tankerlarning ko‘zdan g‘oyib bo‘lishi noodatiy, deb yozadi agentlik.
Agentlik fikricha, Yevropa Ittifoqi avvalroq Rossiya neftini sotib olishga taqiq qo‘ygandi, garchi bu qoidaning o‘zi dekabrgacha kuchga kirmasa ham, ba’zi energiya xaridorlari yetkazib berish fakti sir bo‘lib qolishini xohlayapti.
Rossiya tankerlarining Azor orollarida ko‘zdan g‘oyib bo‘lishidan tashqari, ba’zilari Osiyoga yo‘lda ko‘rinmay qolmoqda.
"Bloomberg" ma’lumotlariga ko‘ra, bu taktika avvalroq Venesuela va Erondan neft eksport qilishda qo‘llanilgan.
LiveBarchasi