Rossiyaning Misrdagi elchisi vafot etdi

Olam

image

Rossiya Federatsiyasining Misr Arab Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Sergey Kirpichenko bugun, 2 sentyabr kuni  Qohirada vafot etdi, deb xabar beradi RIA Novosti. 

Elchi 68 yoshda edi. Tashqi ishlar vazirligiga ko‘ra,  tez orada ta’ziyanoma e’lon qilinadi.

2011 yil sentyabr oyida Kirpichenko Misrdagi elchi va Arab davlatlari ligasida vaqtincha vakolatli vakil  bo‘lgan. Bungacha u BAA, Liviya va Suriyadagi Rossiya diplomatik vakolatxonalariga rahbarlik qilgan.

Sergey Kirpichenko "Do‘stlik" va "Shon-sharaf" ordeni bilan taqdirlangan.
 


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Misr

Baholaganlar

74

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing