Rossiyaning koronavirusga qarshi uchinchi vaksinasi ham tayyor bo‘lmoqda
Olam
−
16 Oktabr 2020
5512Rossiyaning koronavirusga qarshi uchinchi vaksinasi klinik sinovlari natijalari dekabr oyi o‘rtalariga qadar tayyor bo‘ladi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashko ma’lum qildi.
"Hozirda uchinchi vaksina ustida tadqiqotlar olib borilmoqda. Natijalar dekabr oyining o‘rtalarida chiqishi kutilmoqda", degan Murashko.
Qayd etilishicha, uchinchi vaksina Rossiya Fanlar akademiyasining Chumakov nomidagi markazi tomonidan tayyorlangan.
Eslatib o‘tamiz, 14 oktyabr kuni Novosibirskdagi “Vektor” markazi koronavirusga qarshi “EpiVakKoron” nomli ikkinchi vaksinani ro‘yxatdan o‘tkazgandi.
Joriy yilning 11 avgust kuni esa Rossiyaning birinchi koronavirus vaksinasi – “Sputnik V” ro‘yxatdan o‘tkazilgan edi.
Ma’lumot uchun, dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 39 milliondan oshdi. 1 milliondan ko‘p odam virus qurboni bo‘lgan.
LiveBarchasi