Rossiyaning ikkinchi vaksinasi qachon muomalaga chiqariladi?

Olam

image

Novosibirskdagi "Vektor" markazining koronavirusga qarshi "EpiVakKorona" vaksinasi 2021 yilning 1 yanvaridan fuqarolik muomalasiga chiqarilishi rejalashtirilgan. Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi Dori vositalari Davlat reyestri ma’lumotlari shundan darak beryapti. 

"Vaksina 2021 yil 1 yanvarda fuqarolik muomalasiga chiqariladi", deyilgan reyestrda.

Ma’lumot uchun, "Vektor" vaksinasi uning tarkibida virus parchalari –sintetik peptid antigenlari borligi bilan ajralib turadi. Vaksina 14 oktyabr kuni ro‘yxatdan o‘tdi. Preparat bo‘yicha ko‘rsatmalarga ko‘ra, emlash ikki marta 14-21 kun oralig‘ida amalga oshirilishi kerak. 

Surunkali jigar va buyrak kasalliklari, epilepsiya, qon tomirlari, yurak-qon tomir tizimi kasalliklari bilan og‘rigan odamlarga vaksinani ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerakligi ta’kidlangan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 11 avgust kuni Rossiyada koronavirusga qarshi birinchi vaksina – “Sputnik V” ro‘yxatdan o‘tkazilgan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

vaktsina

Baholaganlar

157

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing