Rossiyaning eng kuchli odami Boeing’ni 25 metrgacha sudrab bordi (video)
Olam
−
05 noyabr 2020
7848"Rossiyaning eng kuchli odami" unvoniga sazovor bo‘lgan Elbrus Nigmatullin 36 tonnalik Boeing 737-500 samolyotini sudrab bordi. U 25 metrni 44,58 soniyada bosib o‘tdi. Bu haqda “360” kanali xabar bermoqda.
Rekord Ufa aeroportida o‘rnatildi. Nigmatullin o‘z yutug‘ini vafot etgan Ufa meri Ulfat Mustafinga bag‘ishladi.
Sportchining natijasini Rossiyaning Ekstremal kuchlar federatsiyasi prezidenti Vasiliy Grishenko qayd etdi.
LiveBarchasi