Rossiyaning Bosh harbiy prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev bilan uchrashdi

Jamiyat

image

Rossiya Federatsiyasi Bosh harbiy prokurori Valeriy Petrov boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonda bo‘lib turibdi. Delegatsiya O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev bilan uchrashdi. 

Uchrashuv davomida mehmonlarga prokuratura faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari va asosiy o‘zgarishlari haqida ma’lumot berildi.

Uchrashuv ishtirokchilari ikki tomonlama hamkorlikning keng ko‘lamli masalalari, avvalo, ekstremizm, terrorizm va uyushgan jinoyatchilikning boshqa shakllariga qarshi kurashish yuzasidan fikr almashdilar.

Shuningdek, tomonlar o‘zlariga qiziq bo‘lgan keng ko‘lamli masalalarni muhokama qildilar, idoralararo hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston tomoni Rossiya delegatsiyasining tashrifini ikki davlat prokuraturalari o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirishda muhim voqea deb biladi.

O‘z navbatida janob Petrov mehmondo‘stlik va samimiy qabul uchun O‘zbekiston Bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshevga samimiy minnatdorlik bildirdi va Rossiya Federatsiyasi Bosh harbiy prokuraturasining asosiy faoliyati bilan tanishtirdi.

Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli idoralararo hamkorlikni rivojlantirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar. Xususan, jinoyatchilikning oldini olish va bartaraf etish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash hamda prokuratura kadrlarini tizimli o‘qitish, tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirish sohalarida tajriba almashish orqali hamkorlikni rivojlantirish ko‘zda tutildi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Nig'matilla Yo'ldoshev Valeriy Petrov

Baholaganlar

15

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing