Rossiyaning Belgorod shahriga dron hujumida 12 kishi jarohatlandi
Olam
−
27 iyul 1993 1 daqiqa
Ukraina dronlarining Rossiyaning chegara hududidagi Belgorod shahriga hujumi oqibatida 12 kishi, jumladan ikki nafar bola jarohatlandi. Bu haqda Belgorod viloyati hokimiyati ma’lum qildi.
Mahalliy rasmiylarga ko‘ra, hujum oqibatida ko‘p qavatli turar joy binosidagi bir nechta xonadon va 15 dan ortiq avtomashina yongan.
Shuningdek, Rossiya janubidagi Azov dengizi bo‘yida joylashgan yirik eksport markazi Rostov-Don shahrida ham Ukraina havo hujumi ko‘p qavatli turar joy binosiga zarar yetkazgan. Bu haqda shahar meri Aleksandr Skryabin Telegram orqali ma’lum qildi.
Ayni paytda Ukrainaning shimolidagi Sumi viloyatida Rossiyaning havodan tashlangan bomba hujumi oqibatida besh kishi jarohatlangan. Bu haqda viloyat gubernatori Oleg Hrihorov ma’lum qildi.
Ma’lumot o‘rnida, Rossiya ham, Ukraina ham 2022 yil fevralda Rossiyaning keng ko‘lamli bosqini bilan boshlangan urush davomida tinch aholiga qasddan zarba berayotganini rad etib keladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina yuzlab dronlar bilan Rossiyaning 23 hududiga zarba bergandi.
Live
Barchasi