Rossiyaning Baxmutdagi hujumi faolligi pasaydi – Ukraina Mudofaa vazirligi
Olam
−
24 may 2023
5061Rossiya kuchlarining Baxmut yo‘nalishidagi hujum operatsiyalari faolligi biroz pasaydi. Bu haqda Ukraina Mudofaa vaziri o‘rinbosari Anna Malyar o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
“Baxmut shahrida janglar kamaygan, rossiyalik harbiylar nazorat ostiga olgan hududlarni tozalashda davom etmoqda”, deb yozgan u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hujumlar soni doimiy ravishda yuqori bo‘lmoqda.
Ukraina qo‘shinlari shaharning janubi-g‘arbiy chekkasi – “Samolyot” kichik tumanini nazorat qilmoqda.
“Baxmutning shimoliy va janubidagi qanotlarda bizda biroz oldinga siljish bor”, deydi Malyar.
Uning qayd etishicha, Baxmut chekkasida janglar davom etmoqda, rus armiyasi strategik muhim nuqtalarni egallashga harakat qilmoqda va katta yo‘qotishlarga duchor bo‘lmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi rahbari Yevgeniy Prigojin 224 kunlik hujum operatsiyasidan keyin Baxmut to‘liq nazoratga olinganini aytgani haqida xabar bergan edik. Oradan ko‘p vaqt o‘tmay Ukraina Qurolli kuchlari Prigojinning ushbu da’vosini rad etib chiqdi.
LiveBarchasi