Rossiyaning Armanistondan yo umidi katta, yo ko‘ngli to‘q

Olam

image

Rossiya Armaniston vaqt o‘tishi bilan Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkilotidagi (KXSHT) ishtirokini to‘liq tiklashiga umid qilmoqda. Bu haqda Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov Butunrossiya davlat teleradiokompaniyasi jurnalisti Pavel Zarubinga bergan intervyusida aytib o‘tdi

Kreml vakiliga ko‘ra, bu vaziyatda Armanistonning pozitsiyasi barchaga ma’lum, ammo hamma ham buni qo‘llab-quvvatlay olmaydi. Chunki KXSHTning talablari hali ham dolzarbligicha qolmoqda. Tashkilotning qolgan barcha a’zolari bu uyushmani yanada mustahkamlash va rivojlantirish niyatida.

“Umid qilamizki, biz shu yo‘lda davom etamiz va armanistonlik do‘stlarimiz ham oxir-oqibat tashkilotdagi ishtirokni kengaytirish tarafdori bo‘lib, o‘z ishtirokini tiklaydi”, deydi Peskov.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 23 noyabr kuni Belarus poytaxti Minsk shahrida Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkiloti sammiti bo‘lib o‘tdi. U asosan tashkilot va Armaniston munosabatlari yomonlashgani fonida o‘tdi. Pashinyan avvalroq KXSHTni 2021 yil mayi va 2022 yil sentyabr oylarida Baku bilan to‘qnashuvlar vaqtida Yerevanga yordam bermaganlikda ayblagan edi. Shu fonda Armaniston KXSHTdan mamlakatga yordam berish masalasini kun tartibidan olib tashlashni so‘radi va Pashinyanning o‘zi Lukashenkoga Minskka borish niyati yo‘qligini ma’lum qildi. Armaniston Tashqi ishlar vazirligi va Mudofaa vazirligi rahbarlari sammit oldidan tashkilot tomonidan tashkil etilgan tadbirlarda qatnashmadi. Respublika parlamenti spikeri Alen Simonyan dekabr oyida bo‘lib o‘tadigan KXSHT Parlament Assambleyasi yig‘ilishida ishtirok etmasligini ma’lum qildi. Avvalroq Armaniston Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkilotidagi elchisini chaqirib olgan va yangisini tayinlamagan edi. Ayni paytda Yerevan tashkilotni tark etmoqchi emasligini aytmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Armaniston Dmitriy Peskov KXShT

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing