Rossiya aeroportlarida parvozlar cheklandi

Olam

image

Qozon, Kaluga, Tambov va Saratov aeroportlari reyslarni qabul qilish va jo‘natishni to‘xtatdi. Bu haqda Federal Havo transporti agentligi matbuot kotibi Artyom Korenyako o‘zining Telegram sahifasida ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, cheklovlar fuqarolik samolyotlarining xavfsizligini ta’minlash uchun kiritilmoqda.

“Samolyot ekipajlari, havo harakatini boshqarish organlari va aeroport xizmatlari parvozlar xavfsizligini ta’minlash uchun barcha zarur choralarni ko‘rmoqda”, deb yozadi u.

Taxminan soat 07:10 da Federal Havo transporti agentligi Kaluga va Tambov aeroportlarida cheklovlar olib tashlanganini e’lon qildi. Shu bilan birga, ular Penza va Ulyanovsk aeroportlarida joriy etilgan.

Rossiya aeroportlarida vaqti-vaqti bilan parvozlarga cheklovlar kiritiladi. Bu Ukrainada harbiy amaliyotlar boshlanganidan keyin dron hujumlari fonida sodir bo‘ldi.

Qozon aeroportida cheklovlar oxirgi marta 11 yanvar kuni kiritilgan edi. 1 yanvar kuni Kaluga va Saratovda parvozlar to‘xtatildi.

14 yanvarga o‘tar kechasi Saratov viloyatiga dronlar hujum qildi. Viloyat gubernatori Roman Busarginning aytishicha, Engelsdagi sanoat korxonasiga zarar yetgan. Moskva vaqti bilan soat 05:00 atrofida mintaqada dron hujumi xavfi e’lon qilindi.

O‘sha kechasi Tula viloyatiga ham dronlar hujum qildi – u yerda 17 ta dron yo‘q qilindi. Rostov viloyati uzra yana 14 ta dron urib tushirildi. Ertalab Favqulodda vaziyatlar vazirligining Samara boshqarmasi mahalliy aholini dron hujumi xavfi haqida ogohlantirdi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 5 yanvar kuni dron xavfi tufayli Qozon, Nijnekamsk, Ijevsk va Perm aeroportlarida reyslarni qabul qilish va jo‘natish bo‘yicha vaqtinchalik cheklovlar joriy etilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing