Rossiyaning 11 ta aeroportidan parvoz qilish uchun taqiq uzaytirildi

Olam

image

Rosaviatsiya Rossiya Federatsiyasining markaziy qismi va janubidagi 11 ta aeroportdan parvozlar amalga oshirish uchun o‘rnatilgan taqiqni 1 aprelgacha uzaytirdi. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.

Idora ma’lumotlariga ko‘ra, Anapa, Belgorod, Bryansk, Voronyoj, Gelenjik, Krasnodar, Kursk, Lipetsk, Rostov-Don, Simferopol va Elista aeroportlariga parvozlar 1 aprel, Moskva vaqti bilan 03:45 gacha cheklandi.

Ushbu shaharlarga yo‘lovchilarni tashishni tashkil qilish uchun aviakompaniyalarga hali ham Sochi, Volgograd, Stavropol va Moskva aeroportlaridan foydalanish tavsiya etilmoqda.

Rossiyaning qolgan aeroportlari, shu jumladan xalqaro aeroportlar odatdagidek ishlaydi, deya ishontirgan departament.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 24 fevralidan beri Ukrainadagi vaziyat tufayli Rossiya hukumati mamlakat janubidagi havo hududining bir qismini fuqarolik samolyotlari uchun yopdi. Cheklov bir necha bor uzaytirildi. Oxirgi cheklov 26 martgacha amal qilishi kerak edi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

229

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing