Rossiyani “chuv tushirishdi” – Putin

Olam

image
0:00
0:00
download
AQSH Moskvaning xavotirlarini mensimadi – Putin north_east

AQSH Moskvaning xavotirlarini mensimadi – Putin

Rossiyaga NATO infratuzilmasini Sharqqa bir qarich ham oldinga siljitmaslikka va’da berib, “chuv tushirishgan”. Bu haqda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin aytib o‘tdi.

“Men bizning xatti-harakatimiz va [xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha] takliflarimiz mantig‘ini yana bir bor tushuntirib bermoqchiman: ma’lumki, bizga NATO bloki infratuzilmasini Sharqqa bir qarich ham siljitmaslik va’da qilingan edi. Buni hamma yaxshi biladi. 

Bugun biz NATOning qayerda joylashganini ko‘ryapmiz: Polsha, Ruminiya, Boltiqbo‘yi mamlakatlari. Ular bir narsani aytishdi, boshqasini qilishdi. Xalq orasida aytganimizdek, “chuv tushirishdi”, mayli, aldashdi”, deb esladi Rossiya Prezidenti Kremlda Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban bilan muzokaralar yakunlari bo‘yicha matbuot anjumanida.

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti shundan keyin AQSH raketaga qarshi mudofaa shartnomasidan chiqqanini eslatdi.

“Biz bunday qilmaslikka ko‘ndirishga urindik. Bu dunyodagi asosiy xavfsizlik shartnomalaridan biridir. Shunga qaramay, Qo‘shma Shtatlar o‘z bilganini qildi - chiqdi va endi raketaga qarshi mudofaa qurilmalari Ruminiyada o‘rnatildi va Polshada ham o‘rnatishyapti, agar ishlar tugallanib bo‘lmagan bo‘lsa”, deya Putin hozirgi vaziyatni tasvirlagan.

U bu mamlakatlarda Rossiya hududiga yeta oladigan Tomahawk hujumkor tizimlarini o‘rnatish mumkin bo‘lgan MK-41 raketa qurilmasi borligini ta’kidladi.

“Xo‘sh, bu biz uchun tahdid emasmi?”, deya ritorik savol bergan Putin.

Prezidentning qo‘shimcha qilishicha, G‘arb Rossiya uchun xavfsizlik kafolatlari masalasiga yechim topishi mumkin, garchi bu oson bo‘lmasa-da. U xavfsizlik kafolatlari mavzusidagi muloqot davom etishiga umid bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 26 yanvar kuni AQSHning Rossiyadagi elchisi Jon Sallivan Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga Vashingtondan Rossiyaning xavfsizlik takliflariga yozma javobini olib kelgandi. 

So‘nggi paytlarda G‘arb mamlakatlarida, shuningdek, Kiyevda Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi mumkinligi haqida bayonotlar paydo bo‘ldi. Rossiya Federatsiyasi Prezidentining Matbuot kotibi Dmitriy Peskov bunday ma’lumotni bo‘sh va asossiz keskinlikning kuchayishi deb atadi. Uning ta’kidlashicha, Rossiya hech kimga tahdid solmaydi. Shu bilan birga, Peskov bunday bayonotlarni oqlash uchun provokatsiyalar bo‘lishi mumkinligini inkor etmadi va Ukraina janubi-sharqidagi inqirozni kuch bilan hal qilishga urinishlar eng og‘ir oqibatlarga olib kelishidan ogohlantirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin

Baholaganlar

1507

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing