AQSH Moskvaning xavotirlarini mensimadi – Putin
Olam
−
02 fevral 2022
17232AQSHning xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha javobidan ko‘rinib turibdiki, Amerika tomoni Rossiyaning asosiy tashvishlarini e’tiborsiz qoldirgan. Bu haqda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban bilan uchrashuv yakunlari bo‘yicha matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Rossiya Prezidenti Moskva 26 yanvar kuni AQSH va NATOdan xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha takliflarga kelib tushgan javoblarni sinchiklab tahlil qilayotganini ta’kidlagan.
“Biz uchta asosiy talabimiz yetarlicha ko‘rib chiqilganini ko‘rmadik”, degan Prezident.
Asosiy fikrlar orasida Putin alyans kengayishining oldini olish, Rossiya chegaralari yaqinida zarba beruvchi qurol tizimlarini joylashtirishdan bosh tortish, shuningdek, NATOning Yevropadagi harbiy infratuzilmasini 1997 yilgi holatga qaytarishni qayd etdi. Uning eslatishicha, Sovet Ittifoqi parchalanganidan so‘ng alyans o‘z infratuzilmasini sharqqa ko‘chirmaslikka va’da bergan, biroq hozir bu blokga Boltiqbo‘yi davlatlari, Polsha va Ruminiya kiradi.
Shu bilan birga, Prezident “ochiq eshiklar” siyosati alyans hujjatlarining hech qayerida qayd etilmaganiga e’tibor qaratgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 26 yanvar kuni AQSHning Rossiyadagi elchisi Jon Sallivan Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga Vashingtondan Rossiyaning xavfsizlik takliflariga yozma javobini olib kelgandi.
So‘nggi paytlarda G‘arb mamlakatlarida, shuningdek, Kiyevda Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi mumkinligi haqida bayonotlar paydo bo‘ldi. Rossiya Federatsiyasi Prezidentining Matbuot kotibi Dmitriy Peskov bunday ma’lumotni bo‘sh va asossiz keskinlikning kuchayishi deb atadi. Uning ta’kidlashicha, Rossiya hech kimga tahdid solmaydi. Shu bilan birga, Peskov bunday bayonotlarni oqlash uchun provokatsiyalar bo‘lishi mumkinligini inkor etmadi va Ukraina janubi-sharqidagi inqirozni kuch bilan hal qilishga urinishlar eng og‘ir oqibatlarga olib kelishidan ogohlantirdi.
LiveBarchasi