Rossiyani 4 yilga katta sportdan chetlatish taklif qilindi

Sport

image

Rossiya 4 yilga yirik xalqaro sport musobaqalaridan chetlatilishi mumkin. Butunjahon aksildoping agentligi (WADA) Muvofiqlik qo‘mitasi Ijro qo‘mitasiga shunday tavsiya berdi. Bunga Rossiya tomonidan navbatdagi doping qoidabuzarliklariga yo‘l qo‘yilishi sabab bo‘ldi. Gap Moskva aksildoping laboratoriyasi ma’lumotlari soxtalashtirilishi haqida bormoqda.

Joriy yilning 9 dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan agentlik yig‘ilishida bu taklif qabul qilinsa, rossiyalik sportchilar musobaqalarda bayroq va madhiyadan mahrum bo‘ladi. Ular Tokiodagi 2020 yilgi Olimpiadada 2018 yil Pyongchangda (Koreya) bo‘lib o‘tgan qishki Olimpiadadagi kabi neytral maqomda ishtirok etadilar.

Bunday choralar nafaqat Olimpiya o‘yinlari, balki Paralimpiya o‘yinlari, o‘smirlar Olimpiadasi, jahon chempionatlariga ham taalluqli bo‘ladi. Shuningdek, rossiyalik sportga aloqador amaldorlarni xalqaro musobaqalarga tashrifi hamda Rossiyada yirik turnirlar tashkil qilish ham taqiqlanishi mumkin. Bundan tashqari, rossiyaliklar turli qo‘mitalar va kengashlar tarkibiga kirishiga ruxsat berilmaydi.

Agar Rossiya bungacha u yoki bu musobaqani o‘tkazish huquqini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, bu huquq undan tortib olinib, boshqa davlatga beriladi. 


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Olimpiada WADA

Baholaganlar

73

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing