Rossiyani har qanday sport tadbirlaridan chetlatish taklif qilindi

Sport

image

Rossiyalik sportchilarga har qanday sport va madaniy tadbirlarda qatnashishni taqiqlash kerak. Rossiya bayrog‘i ostida musobaqalarda qatnashishni taqiqlashning o‘zi yetarli emas.Bu haqda ukrainalik tennischi Aleksandr Dolgopolov BBC bilan suhbatda gapirib o‘tdi.

“Medvedev va boshqa tennischilar Rossiya bayrog‘ini olib tashlashi hech narsani o‘zgartirmaydi. Bo‘layotgan voqealarga(urushga) qarshi bir necha so‘z aytganlaridan keyin rossiyalik tennischilarning o‘ynashiga ruxsat berish to‘g‘ri emas. Ular aytgan gaplar yetarli emas. Men shaxsan barcha ruslarni bilaman, hatto Daniil Medvedev bilan ham o‘ynaganman. Ular yaxshi yigitlar. Men ularga qarshi emasman, lekin Rossiyaga har qanday sport va madaniy tadbirlarda qatnashishni taqiqlash kerak, deb o‘ylayman”, degan Aleksandr Dolgopolov.

Rossiya sportiga kiritilgan cheklovlar 

Rus qo‘shinlari Ukrainaga kirgach, Xalqaro dzyudo federatsiyasi (XDF) Rossiya Prezidenti Vladimir Putinni tashkilot faxriy prezidenti va elchisi maqomidan mahrum qildi. 

Polsha, Chexiya va Shvetsiya futbol terma jamoasi Jahon chempionatiga saralash doirasida Rossiya bilan o‘yinga borishdan bosh tortdi.

Yevropa futbol uyushmalari ittifoqi (UEFA) 2022 yilgi Yevropa Chempionlar ligasi finali Sankt-Peterburg shahridan Parijga ko‘chirilganini ma’lum qildi.

FIFA  hamda UEFA Rossiya terma jamoalari va klublarini barcha futbol musobaqalaridan chiqarib tashladi.

Xalqaro basketbol federatsiyasi rossiyalik basketbolchilar va rasmiy shaxslarni tashkilot shafeligidagi barcha musobaqalarda ishtirok etishdan chetlashtirdi.

Dunyodagi eng yirik sport kiyimlari kompaniyasi “Adidas” Rossiya futbol jamoalari bilan hamkorlikni to‘xtatganini ma’lum qildi. Shuningdek, Germaniyaning "Shalke 04" klubi va UEFA'ning o‘zi ham Rossiyaning "Gazprom" transmilliy kompaniyasi bilan hamkorlikni to‘xtatdi.

Xalqaro Paralimpiya qo‘mitasi (IPC) rossiyalik va belaruslik atletlarni Pekin-2022 Paralimpiya o‘yinlaridan chetlatdi.

Shuningdek, 2023 yilda Rossiyaning Qozon shahrida bo‘lib o‘tadigan Maxsus Olimpiada o‘yinlari bekor qilindi.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

31

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing