Rossiyalik va amerikalik kosmonavtlar bir ekipajda kosmosga uchdi
Olam
−
11 Sentabr
6024“Soyuz-2.1a” raketasi Boyqo‘ng‘ir kosmodromidan Soyuz MS-26 kemasi bilan kosmosga uchirildi. Ekipajdagi ikki nafar rossiyalik va bir amerikalik Xalqaro kosmik stansiyaga (XKS) yetib borgan. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
Nashrga ko‘ra, kosmik kema ekipajida rossiyalik kosmonavtlar Aleksey Ovchinin va Ivan Vagner, shuningdek, amerikalik astronavt Donald Pettit bo‘lgan. Raketa uchirilganidan to‘qqiz daqiqa o‘tmay, “Soyuz MS-26”ni past Yer orbitasiga olib chiqqan va u XKSga mustaqil parvozni amalga oshirgan.
“Bu safar parvoz sxemasi juda qisqa – ikki orbitali parvoz sifatida tanlandi, stansiya rus segmentining “Rassvet” moduliga ulanishi Moskva vaqti bilan soat 22:33 da kutilmoqda. Missiyaning davomiyligi 202 kun bo‘lishi rejalashtirilgan”, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, safar davomida rossiyalik kosmonavtlar 40 dan ortiq ilmiy tajriba o‘tkazishi kerak bo‘ladi. Ulardan uchtasi ushbu stansiyada ilgari amalga oshirilmagan. Bundan tashqari, kosmonavtlar dekabr oyida ochiq koinotga chiqishi rejalashtirilgan. Ayni paytda XKSda rossiyalik kosmonavtlar Oleg Kononenko, Nikolay Chub va Alesandr Grebyonkinlar, shuningdek, amerikalik astronavtlar Mettyu Dominik, Maykl Barratt, Janett Epps, Treysi Dayson, Barri Uilmor va Sunita Uilyams bor.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Boyqo‘ng‘ir kosmodromidan “Progress MS-27” yuk tashuvchi kemasi bo‘lgan “Soyuz-2.1a” raketasi yer orbitasiga chiqqan edi.
LiveBarchasi