Ramzan Qodirovning buyrak transplantatsiyasi muvaffaqiyatsiz tugadi

Olam

image

Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning buyrak transplantatsiyasi muvaffaqiyatsiz amalga oshirildi. Bu haqda Rossiya Davlat Dumasi sobiq deputati Gennadiy Gudkov ma’lum qildi

Gennadiy Gudkovning bildirishicha, Qodirovning salomatligidagi muammolar juda jiddiy bo‘lishi mumkin. Buyrak transplantatsiyasi jarayonidagi jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatsiz bo‘lgan va ayni paytda buyrak organizmni “rad eta” boshlagan.

“Men taniqli chechenlarga qo‘ng‘iroq qilib, uning ahvoli haqida so‘radim. Aytishlaricha, Ramzanning buyraklari bilan bog‘liq muammolari bor. Hatto operatsiya, transplantatsiya ham natija bermagan – go‘yoki qandaydir yiringlash boshlangan. Chechenlar yetakchisining ahvoli og‘irlashgan”, deydi sobiq deputat.

Shunga qaramay, Qodirovga yaqin manbalarda hali hech qanday operatsiya yoki rahbarning salomatligi bilan bog‘liq ma’lumot berilmagan. OAVda tarqalayotgan xabarlar ham rad etilmagan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Ramzan Qodirovning o‘lim to‘shagida ekani haqida xabarlar tarqalgandi. Bunga uning Qurbon Hayiti munosabati bilan xalqini tabriklamagani va Vladimir Putinning Shimoliy Kavkaz respublikalari rahbarlari bilan o‘tkazgan konferensiyasida qatnashmagani sabab bo‘lgan edi.

Shundan so‘ng, joriy yilning 2 iyul kuni Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Instagram’da jonli efirga chiqdi va o‘zining ahvoli yaxshi ekanini bildirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Checheniston Qodirov operatsiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing