Rossiyalik olimlar gibrid vaksina ustida ish boshladi
Texnologiya
−
26 avgust 2020
7620Rossiyalik olimlar bir vaqtning o‘zida ham grippdan, ham koronavirusdan himoya qiluvchi vaksina ustida bosh qotirishni boshladi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
Vaksina Almazov nomidagi milliy tibbiy tadqiqotlar markazida tayyorlanyapti. Preparat ustida bir guruh mutaxassislar ish boshlagan.
“Bu qo‘shilgan vaksina bo‘ladi. U ham grippga qarshi, ham koronavirus infeksiyasiga qarshi immunitet hosil qiladigan elementlarni birlashtirgan bo‘ladi”, degan markaz direktori Yevgeniy Shlyaxto.
Hozircha preparat dastlabki ishlab chiqish bosqichida. Uni avval jonivorlarda sinash va bir necha bosqichli sinovlardan o‘tkazish kerak bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya koronavirusga qarshi vaksina ro‘yxatdan o‘tkazilgan yagona mamlakat bo‘lib turibdi. RFda joriy yilning 11 avgust kuni “Sputnik V” vaksinasi ro‘yxatga olindi.
LiveBarchasi