Rossiyalik erkak Kiprda AQSH elektronikasini kontrabanda qilgani uchun hibsga olindi
Olam
−
01 Sentabr 2023
2936Rossiya Federatsiyasi va Germaniya fuqarosi 33 yoshli Artur Petrov Kiprda AQSH talabiga binoan hibsga olindi. Bu haqda AQSH Adliya vazirligi ma’lum qildi.
Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, Petrov ikki sherigi bilan birga 2022 yil fevralidan 2023 yil avgustigacha Rossiyaning "Elektrokom” MCHJ uchun Amerika firmalaridan katta miqdordagi elektronika sotib olgan.
Kontrabandachilar yetkazib berish Rossiyaga mo‘ljallanganini yashirish uchun uchinchi mamlakatlarda ro‘yxatdan o‘tgan soxta yuridik shaxslardan foydalangan. Petrovga Qo‘shma Shtatlarda bir nechta ayblovlar qo‘yilgan, jumladan, eksport nazorati qonunlarini buzganlik, firibgarlik va pul yuvish uchun fitna uyushtirish kabilar.
Ularning har biri uchun maksimal jazo – 20 yillik qamoq jazosi. Hukmni Amerika sudi chiqaradi.
"Putinning urushini qo‘llab-quvvatlash uchun eksport nazorati cheklovlarimizni chetlab o‘tganlar javobgarlikka tortiladi", deydi eksport nazorati masalalarini nazorat qiluvchi Savdo vaziri yordamchisi Metyu Akselrod.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Moliya vazirligi Moskvadagi “Intellekt” kompaniyasi va uning bosh direktori Sergey Kozlov hamda Shimoliy Koreya fuqarosi Chon Chin Yonni Shimoliy Koreyaga nisbatan sanksiyalar ro‘yxatiga kiritgandi.
LiveBarchasi