Rossiyalik diplomatlar yana bir davlatdan haydalishi mumkin
Olam
−
24 mart 2022 12608 1 daqiqa
Rossiyaning Ukrainadagi “harbiy amaliyoti”ga munosabat sifatida rossiyalik diplomatlar Kanberradan chiqarib yuborilishi mumkin, biroq Moskva bilan aloqa liniyasini saqlab qolish muhim. Bu haqda Avstraliya Tashqi ishlar vaziri Maris Peyn ma’lum qildi.
“Biz [Ukrainadagi inqirozga] diplomatik yechim izlashni hech qachon to‘xtatganimiz yo‘q va bunday muloqot uchun yo‘llar va imkoniyatlarni saqlab qolish juda muhim. Rossiya elchisini chiqarib yuborish Avstraliya hukumati uchun maqbul variant bo‘lib qolmoqda”, degan vazir.
U, shuningdek, ushbu masalani muhokama qilishda “Rossiya hukumati bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa liniyalari”ning afzalliklarini esga olish zarurligini ta’kidlagan.
Rossiyaning Avstraliyadagi elchixonasi Avstraliya Tashqi ishlar vazirining bayonotini izohlar ekan, “bu kabi bayonotlarni birinchi marta eshitmayapmiz”, deb ta’kidlagan.
Eslatib o‘tamiz, Polsha razvedka xizmati Varshava tomonidan razvedka faoliyatida ayblanayotgan 45 nafar rossiyalik diplomatlar ro‘yxatini tayyorlab, mamlakat Tashqi ishlar vazirligiga taqdim etgandi.
Live
Barchasi