Rossiyalik deputat Hindistonda vafot etdi

Olam

image

Rossiya Federatsiyasining Vladimir viloyati, Qishloq xo‘jaligi, atrof muhit va ekologiya qo‘mitasi raisi, deputat va tadbirkor Pavel Antov Hindistonda vafot etdi. Bu haqda kecha, 26 dekabr kuni “RIA Novosti” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, 65 yoshli Pavel Antov Hindistonning Odisha shtatidagi mehmonxonaning uchinchi qavatidan yiqilib halok bo‘lgan. E’tiborlisi, 22 dekabr kuni uning hamrohi Vladimir Bidanov ham ayni shu mehmonxonadagi o‘z nomerida hushsiz holda topilgan va keyinroq vafot etgan. Shunga qaramay, Rossiyaning Kalkuttadagi bosh konsulligi ikki nafar rossiyalik fuqaro o‘limida mahalliy politsiya tomonidan jinoyat alomatlari aniqlanmaganini ma’lum qildi.

Hindiston politsiyasi rossiyalik deputat o‘limi bo‘yicha turli xil taxminlar ustida izlanish olib borgan va uni tasodif tufayli mehmonxona ayvonidan yiqilishi oqibatida o‘lim topgan, degan taxminni ilgari surgan.

“Currenttime” nashri xabariga ko‘ra, Vladimir Bidanov ko‘p miqdorda spirtli ichimlik iste’mol qilishi oqibatida shifoxonada jon bergan.

Ma’lumot o‘rnida, 2019 yilda “Forbes” jurnali 100 nafar eng boy rossiyalik davlat xizmatchilari reytingini e’lon qilgan va unda “Vladimirskiy standart” kompaniyalar guruhi ta’sischisi Pavel Antov qariyb 10 milliard rubl bilan 1 o‘ringa loyiq ko‘rilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Pavel Antov Vladimir Bidanov

Baholaganlar

235

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing