Rossiyalik blogerlar qozoq ayollarini haqorat qilgani uchun qamaldi 

Olam

image

Rossiyalik blogerlar videoda qozoq ayollarini haqorat qilgani uchun 15 sutkaga qamaldi. Bu haqda Nur.kz xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, blogerlarning videolaridan birida qozoq ayollari haqida gap ketgan. Video kanal a’zolaridan birining YouTube kanaliga joylashtirilgan. Videoda yigitlardan biri Renat Pashayev qozoq ayollari haqida haqoratli so‘zlar aytgan va ular bilan jinsiy aloqada bo‘lishga tayyor ekanligini bildirgan. Jonli efirning bu qismi keyinchalik tahrirlanib, o‘chirib yuborilgan. Ammo video foydalanuvchilar tomonidan yuklab olingan va turli ijtimoiy media platformalarida tarqalib, keskin e’tirozlarga sabab bo‘lgan.

Ko‘p vaqt o‘tmasdan blogerlar ijtimoiy tarmoqlarda qo‘pol so‘zlar aytib, jamoat tartibini va Qozog‘iston Respublikasining amaldagi qonunchiligini buzgan deb topilgan. Materiallar Olmaota tumanlararo ma’muriy sudiga yuborilgan. Vaziyat ko‘rib chiqilgandan keyin sud ikkala huquqbuzarga ham 15 kunlik ma’muriy qamoq jazosini tayinlagan.

Bosh prokuror o‘rinbosari G‘alimjan Koygeldiyev brifingda bu mavzu haqida gapirib o‘tgan.

“Ha, ularga mayda bezorilik ayblovi qo‘yildi. 15 kunlik qamoq. Biroq, men Ichki ishlar vazirligi 174-moddasi etnik nafratni qo‘zg‘atish bo‘yicha tergov boshlaganini aytishim mumkin”, degan Koygeldiyev. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkmanistonda go‘sht narxining qimmat ekanini tanqid qilgan Didar ismli bloger bedarak yo‘qolgan. Oradan bir necha kun o‘tib, ayrim ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari izohlarda u politsiya tomonidan olib ketilgach, vafot etgani haqida xabar berilgandi.

Javohir Aliqulov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Rossiya bloger ayollar haqorat

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing