Rossiyaga yuborilgan 15 ta avtobusda 750 nafar o‘zbekistonlik olib kelindi

Jamiyat

image

Bugun, 27 sentyabr kuni Samara viloyatidan 700 dan ortiq o‘zbekistonliklar olib kelindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Qayd etilishicha, Rossiya Federatsiyasining turli mintaqalaridan O‘zbekistonga qaytish istagida bo‘lgan fuqarolarni olib kelish ishlari davom etmoqda. 

“Ayni damda repatriatsion charter reyslarining sonini bir necha marotabaga ko‘paytirilib, Rossiyaning turli hududlariga muntazam ravishda maxsus temir yo‘l qatnovlari ham tashkil etilmoqda”, deyiladi rasmiy xabarda.   

Avtobuslar joriy yilning 23 sentyabr kuni Rossiyaga jo‘natilgan edi. Rejaga muvofiq bugun ushbu avtobuslar 750 nafar fuqarolarni O‘zbekistonga olib keldi.

QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qilinishicha, kecha, 26 sentyabr kuni yana 15 ta avtobus o‘zbekistonliklarni olib kelish uchun Rossiyaga yo‘lga chiqqan.


Maqola muallifi

Teglar

migratsiya Transport vazirligI

Baholaganlar

71

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing