Rossiyaga yaqin davlatlar ham urushga shubha bilan qarashadi – Shols 

Olam

image

Moskva bilan yaqin aloqada bo‘lgan davlatlar ham Ukrainada urush o‘tkazish maqsadga muvofiqligiga shubha bilan qaraydi. Bu haqda Germaniya federal kansleri Olaf Shols kecha, 19 aprel kuni Xemnitsda bo‘lib o‘tgan tadbirda so‘z ochdi.

"Dunyoda bu urushning Rossiya uchun ma’nosi borligiga ishonadigan hukumat rahbari deyarli yo‘q. Bu Rossiyaga juda yaqin bo‘lganlarga ham tegishli", deydi u.

Sholsning bu so‘zlari Germaniya kansleri 14-17 aprel kunlari rasmiy tashrif bilan bo‘lgan Xitoydan qaytganidan keyin aytildi. Germaniya hukumati rahbari Xitoy Ukrainadagi urushni tugatish bo‘yicha diplomatik jarayonda ishtirok etishga tayyorligini ochiq e’lon qilganini ta’kidladi. Bundan tashqari, Sholsning so‘zlariga ko‘ra, Pekin iyun oyi o‘rtalarida Shveysariyada rejalashtirilgan Ukraina bo‘yicha tinchlik sammitini ijobiy baholagan.

"Bu e’tiborsiz qoldirib bo‘lmaydigan natija. Va bu uch yoki olti oy oldin kutilganidan ham ko‘proq", degan kansler.

Shuningdek, Olaf Shols Ukrainadagi urush yana bir necha yil davom etishi mumkinligini va Vladimir Putin “bundan qutulib qolmasligini” aytdi. Germaniya kansleri Berlin Kiyevga harbiy yordam berishda davom etishini tasdiqladi, biroq ayni paytda diplomatik sa’y-harakatlarning muhimligiga e’tibor qaratdi.

Shu bilan birga, Shols yana Ukrainadagi urushni Putin bilan telefon orqali muhokama qilishi mumkinligini istisno etmadi. 

"Ammo, albatta, biz nima haqida gaplashishimiz aniq bo‘lishi kerak", deydi u. 

Germaniya kansleri yana bir bor Rossiya Prezidentini imperialistik maqsadlarga intilayotganlikda va Ukrainaning mavjudligini shubha ostiga qo‘ymoqchilikda aybladi.

Eslatib o‘tamiz, Xitoyga tashrifi chog‘ida Shols Xitoy rahbari Si Szinpinni Ukrainadagi urushni tugatish uchun Rossiya Prezidenti Vladimir Putinga ta’sir o‘tkazishga chaqirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya Rossiya Olaf Shol'ts

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing