Rossiyaga nisbatan terror tahdidi ko‘paygan – Putin

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Rossiya Federatsiyasiga nisbatan terrorchilik tahdidi kuchayganiga ishora qildi, bu esa Kiyev hamda G‘arbning harakatlari bilan bog‘liq. Bu haqda u bugun, 28 fevral kuni Rossiya Federatsiyasi Federal xavfsizlik xizmatining hay’at yig‘ilishida so‘z ochdi. 

“Terrorchilik tahdidiga qarshi kurashish vazifasi hamon dolzarbligicha qolmoqda. Oxirgi bir yil ichida bunday jinoyatlar soni ortib ketdi”, deydi davlat rahbari 

Uning qayd etishicha, terakt tahdidi Kiyev rejimining terrorchilik usullaridan foydalanishga urinishlari bilan bog‘liqligi aniq.  

“Biz buni yaxshi bilamiz, ular Donbassda [bundan] uzoq vaqtdan beri foydalanmoqda”, deydi Prezident. 

Shuningdek, u terrorchilik tahdidining kuchayishini G‘arbning Rossiya Federatsiyasi hududida ekstremistlar va terrorchilar, ularning eski do‘stlari yacheykalarini jonlantirish istagi bilan bog‘ladi. 

“Biz bilamizki, ular xalqaro terrorizmga qarshi kurash haqidagi baland ovozda bayonotlariga qaramay, o‘z manfaatlari yo‘lida ham radikallardan, ham ekstremistlardan foydalanishdan hech qachon voz kechmaydilar. Ular har doim bizga qarshi qo‘l ostidagi, mumkin bo‘lgan narsadan foydalanadilar. Har doim shunday bo‘lgan. Hozir ham shunday”, deydi Putin.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Rossiyada separatizm va ksenofobiyadan foydalanib, bu axlatni faollashtirishga urinishlar mavjud, bunga qarshi turish kerak. 

“Jamiyatimizni parchalash va zaiflashtirishga urinayotgan, separatizm, millatchilik, neonatsizm va ksenofobiyadan qurol sifatida foydalanayotganlarning noqonuniy faoliyatini aniqlash va to‘xtatish kerak”, deydi davlat rahbari.

Uning urg‘ulashicha, yuqoridagi sanalganlardan hamisha Rossiyaga nisbatan qo‘llanilgan va hozirda faollashgan.

Prezident, shuningdek, ekstremizmga faol qarshi kurashishga chaqirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi bir yil ichida bunday jinoyatlar soni ortgan.

Shuningdek, u, Federal xavfsizlik xizmati oldiga G‘arb razvedka xizmatlari Rossiya Federatsiyasiga qarshi o‘z faoliyatini kuchaytirgani sababli kontrrazvedkani kuchaytirish vazifasini qo‘ydi. 

“Umuman olganda, kontrrazvedka chizig‘ini kuchaytirish kerak. Axir, G‘arb razvedka xizmatlari Rossiyada an’anaga ko‘ra, doimo faol ishlagan va endi ular bizga qarshi qo‘shimcha xodimlar, texnik va boshqa resurslarni yo‘naltirdilar. Biz bunga munosib javob berishimiz kerak”, deydi davlat rahbari.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin FXX

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing