Rossiyaga kimlar kirishi mumkin? O‘zbekistondagi RF elchixonasi aniq ma’lumot berdi
Jamiyat
−
26 mart 2021
19978Avvalroq, O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida muntazam aviaqatnovlar tiklanayotgani haqida xabar bergan edik. Dastlab Moskva va Toshkent o‘rtasida bitta muntazam reys bo‘ladi.
Mazkur reysdan Rossiyaga kirish bo‘yicha RF hukumatining 2020 yil 16 martdagi farmoyishida nazarda tutilgan cheklovni hisobga olmaganda, O‘zbekistonda yashash guvohnomasiga ega bo‘lgan o‘zbekistonlik va xorijliklar foydalanishi mumkin. Bu haqda O‘zbekistondagi Rossiya elchixonasining konsullik bo‘limi xabar berdi.
Aviatashuvchilar va reyslar amalga oshiriladigan sanalar haqida ikki mamlakat o‘rtasida kelishuvga erishilganidan keyin ma’lum qilinadi.
Toshkent – Moskva yo‘nalishida amalga oshiriladigan qolgan reyslar charter bo‘lib qoladi.
"Yuqorida aytib o‘tilgan farmoyishga ko‘ra, Rossiyaga kirish uchun chipta xarid qilishda asos bo‘lishi shart", deya qayd etilgan xabarda.
LiveBarchasi