Rossiyaga ketayotgan o‘zbekistonliklar “Sputnik V” bilan emlanadi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Rossiyaga ishlash uchun ketishni rejalashtirgan mehnat muhojirlari uchun koronavirusga qarshi 1 million doza “Sputnik V”  vaksinasiga buyurtma bergan. Bu haqda bugun, 21 dekabr kuni Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Vladimir Tyurdenev ma’lum qildi.

“Rossiyaga ishlash uchun ketayotgan mehnat muhojirlarini emlash uchun 1 million dozali vaksina yetkazib berish to‘g‘risida bitim imzolandi”, dedi Tyurdenev 2020 yil yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumani chog‘ida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 2021 yilda Rossiyadan koronaviirusga qarshi ikkinchi vaksina –“EpiVakKoroni” sotib olish to‘g‘risida shartnoma tuzish rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq dekabr oyi boshida Rossiya Sanoat va savdo vaziri Denis Manturov Rossiyaga “Sputnik V” rusumidagi 100 doza vaksinani Toshkentga shaxsan yetkazib berdi va O‘zbekistonga topshirdi.


Maqola muallifi

Teglar

vaktsina

Baholaganlar

159

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing