Rossiyaga dron hujumi uyushtirildi

Olam

image

Rossiyaning Yangi Moskva hududiga to‘rtta uchuvchisiz uchish apparati bilan hujum qilindi, ammo ular urib tushirildi. Bu haqda TASSga favqulodda xizmatlar ma’lum qildi.

“Jami havo hujumidan mudofaa va elektron urush kuchlari Yangi Moskvadagi uchta qishloqda to‘rtta uchuvchisiz uchish apparati hujumlarini qaytardi. Qulagan dronlardan biri xo‘jalik binosiga tushishi oqibatida yong‘in sodir bo‘ldi. Qurbonlar yo‘q”, deydi agentlik manbasi. 

Samolyot tipidagi barcha dronlar Moskva yo‘nalishi bo‘yicha kuzatilgan. Ushbu aholi punktlari Vnukovo aeroporti yaqinida joylashgani sababli, 16 ta reys Domodedovo va Sheremetevoga yo‘naltirilgan.

Favqulodda xizmatlarning xabar berishicha, bitta dron Kubinkadagi harbiy ob’ektlardan birining hududiga qulagan. Yana biri Kalugada urib tushirilgan. 

“Yangi Moskvadagi qishloqda urib tushirilgan uchuvchisiz samolyotning bo‘laklari ferma binosiga tushib ketdi va yong‘in boshlandi”, deyiladi xabarda.

Hodisa oqibatida qurbonlar yo‘q, yong‘inni o‘chirish davom etmoqda.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Mariya Zaxarova ushbu voqeani terrorchilik harakati deb atagan.

“Jahon hamjamiyati BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zolari bo‘lgan AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya “terroristik rejim”ni moliyalashtirayotganini tushunishi kerak”, deydi Zaxarova.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya dron Mariya Zaxarova Yangi Moskva

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing