Rossiyaga buyragini sotish uchun borgan o‘zbekistonlik ayol yo‘qolib qoldi

Jamiyat

image

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahriga buyragini sotish uchun borgan O‘zbekiston fuqarosi g‘oyib bo‘ldi. U ayni paytda mahalliy politsiya tomonidan qidiruvga berilgan. Bu haqda “78.ru” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 42 yoshli o‘zbekistonlik ayol Sankt-Peterburg shahriga buyragini sotish maqsadida borgan. Ayol u yerga 8 mart kuni yetib kelgan. 24 martdan boshlab u bilan aloqa birdan uzilgan. Ayolning opasi bu haqda politsiyani xabardor qilgan. 

“Yo‘qolgan ayol o‘z vatanida qarzlari borligi sababli ushbu qarorga kelgan. Ayol qaysi klinikaga bormoqchi bo‘lgani noma’lum. Uning eri va besh farzandi bo‘lgan”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya o'zbekistonlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing