Rossiyaga bosim 8-10 kun ichida kuchayadi – Makron

Olam

image

Yaqin 8-10 kun ichida Fransiya hukumati Rossiyaga bosimni imkon darajada kuchaytiradi. Bu haqda kecha, 28 aprel kuni Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron “Paris Match” nashriga bergan intervyusida so‘z ochdi.

Prezidentga ko‘ra, Rossiya va Ukraina o‘rtasida tinchlik shartnomasi imzolanishi, har ikkala tomon uchun ham foydali bo‘ladi.

Bundan tashqari, Fransiya yetakchisi Rossiyaga bosim tez orada, 8-10 kun ichida kuchaytirilishini ta’kidlagan. Ammo “tarozining bir qismi” Moskva bilan bog‘liq bo‘lgani uchun ehtiyotkorlikni saqlab qolish kerakligini ham aytib o‘tgan.

Fransiya rahbari o‘z intervyusi davomida amerikaliklarni ishontirganini ham qo‘shimcha qilgan. U Rossiyaga nisbatan tahdidlar va sanksiyalarning kuchayishiga umid qilmoqda. Makron bu harakatlarning barchasi Rossiyani sulh stoliga o‘tkazish uchun qilinayotganini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 17 aprel kuni Parijda AQSH, Ukraina, Buyuk Britaniya, Germaniya va Fransiya vakillari bilan bo‘lgan uchrashuvda Rossiya nazorati ostida qolgan hududlarni tan olish evaziga o‘t ochishni to‘xtatish taklif qilingan edi. Yig‘ilishda Rossiya hozir nazorat qilayotgan hududlar Kremlning o‘zida qolishi, Ukrainani NATOga qabul qilish masalasini kun tartibidan olib tashlash, G‘arb Rossiyaga qo‘yilgan sanksiyalarni bosqichma-bosqich olib tashlashi va muzlatilgan aktivlarni qisman qaytarishi, shuningdek, “tinchlikparvar kuchlar” faqat BMT sha’feligida bo‘lishi mumkinligi, har ikki tomon o‘zaro da’volardan, jumladan reparatsiyalardan voz kechishib Ukraina chegaraga 50 km dan yaqin joyda yirik harbiy kuchlar joylashtira olmasligi kabi takliflar ham muhokama qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Frantsiya Emmanuel' Makron

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing