Rossiyaga borayotgan o‘zbekistonliklar ogohlantirildi
Jamiyat
−
23 avgust
27328Rossiyaga borayotgan O‘zbekiston fuqarolaridan xavfsizlik choralari talablarini inobatga olgan holda harakatlanish so‘raldi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, so‘nggi kunlarda Rossiya Federatsiyasi aeroportlarida mamlakat hududiga kirib borayotgan fuqarolardan hujjatlarining bir necha soatlab tekshirish holatlari kuzatilgan va bu o‘z navbatida bir qator muammolarni yuzaga keltirayotgani bo‘yicha murojaatlar kelib tushgan.
“Rossiya bo‘ylab xavfsizlik choralarining kuchaytirilgani munosabati bilan, ushbu davlatga borayotgan, mamlakat hududida bo‘lib turgan yoki mamlakatdan chiqib ketayotgan yurtdoshlarimizdan xavfsizlik choralari talablarini inobatga olgan holda harakatlanishi so‘raladi. Shuningdek, Rossiya Ichki ishlar vazirligining rasmiy veb-sayti orqali mamlakat hududiga kirish uchun taqiq bor yoki yo‘qligini tekshirib, shundan so‘ng Rossiyaga borish tavsiya etiladi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi Kursk, Bryansk va Belgorod viloyatlarida yashovchi o‘zbekistonliklarga zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmaslikni tavsiya qilgandi.
LiveBarchasi