Rossiyaga amalga oshiriladigan charter reyslar jadvaliga o‘zgartirish kiritildi
Jamiyat
−
08 avgust 2020
8008O‘zbekistonga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining qaroriga muvofiq xorijdagi O‘zbekiston fuqarolarini Vatanga olib kelish uchun 2 avgustdan 16 avgust kunlari davomida amalga oshirilishi belgilangan charter reyslarining parvoz yo‘nalishiga qisman o‘zgartirish kiritildi.
Xususan, 7 avgust kuni Toshkent – Rostov Don – Namangan,
8 avgust Toshkent – Sankt - Peterburg – Namangan,
9 avgustga belgilangan Toshkent – Moskva – Namangan avia qatnovlari Toshkent shahriga amalga oshiriladi.
Shuningdek, Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan Rossiya Federatsiyasining Orenburg va Samara viloyatlaridagi O‘zbekiston fuqarolarini Vatanga qaytarish uchun 2 ta poyezd qatnovi tashkil etildi.
Mazkur poyezdlarning birinchisi 9 avgust kuni Namangan shahriga, ikkinchisi esa 9 avgust kuni Samarqand shahriga kirib boradi. Poyezdlarda olib kelingan barcha fuqarolar o‘rnatilgan tartibda karantinga joylashtiriladi.
Rossiya Federatsiyasining Rostov-Don viloyatidagi fuqarolarni olib kelish maqsadida uchinchi poyezd qatnovi ham tashkil etildi. Ushbu poyezd 13 avgust kuni Toshkent shahriga kirib keladi.
Avvalroq, Pekin va Qohiraga amalga oshiriladigan charter reyslar jadvaliga o‘zgartirish kiritilgandi.
LiveBarchasi