Rossiyadan Zaporojega navbatdagi dahshatli hujum. 11 kishi halok bo‘ldi
Olam
−
07 Oktabr 2022
12146Kecha, 6 oktyabr kuni Rossiya qo‘shinlari Ukraina hukumati nazorati ostidagi Zaporoje shahriga yetti marta raketa hujumi uyushtirdi. Bu haqda Zaporoje viloyati harbiy boshqarmasi boshlig‘i Aleksandr Starux ma’lum qildi.
Rasmiyning so‘zlariga ko‘ra, nishonlar infratuzilma ob’ektlari bo‘lgan, ammo zarbalar ko‘p qavatli turar-joy binolariga tushgan. Uylar jiddiy shikastlangan, shaharda yong‘inlar boshlangan. Starux vayronagarchilik suratlarini e’lon qildi.
Zaporoje shahriga raketa hujumlari oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi. Yana 21 kishi vayron bo‘lgan turar-joy binolari ostidan qutqarib olindi.
Qutqaruvchilarning so‘zlariga ko‘ra, Zaporojeda kamida ikkita uy vayron bo‘lgan.
Hujum oqibatlarini bartaraf qilish ishlari davom etmoqda. Ishga Favqulodda vaziyatlar davlat xizmatining 45 kishi va 12 ta texnikasi, shuningdek, 5 ta xo‘jalik texnikasi jalb qilingan.
LiveBarchasi