Rossiyadan O‘zbekistonga shokolad qog‘oziga o‘rab jo‘natilgan qariyb 1 kg gashish aniqlandi (video)
3-sahifa
−
24 iyul 2391 1 daqiqa
Xorazm va Namangan viloyatlarida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida shokolad qadoqlariga yashirilgan qariyb 1 kilogramm gashish moddasi hamda Yangiqo‘rg‘on tumanida 423 tup kannabis o‘simligi yetishtirilayotganligi aniqlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, tezkor tadbirda 2000 yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan shaxs Rossiyadan taksi orqali yuborilgan jo‘natmani qabul qilib olayotgan vaqtida ushlangan. Tekshiruv davomida jo‘natma ichidagi 10 ta shokolad qadoqlariga yashirilgan jami 967 gramm gashish moddasi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirilgan.
Shuningdek, DXXning Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi va Ichki ishlar organlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi 1988 yilda tug‘ilgan fuqaro o‘ziga tegishli yer maydonida sotish maqsadida 423 tup kannabis o‘simligini parvarishlab kelayotgani aniqlangan.
Qayd etilishicha, har ikki holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahri va Toshkent viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida Afrikadan kurerlik jo‘natmasi orqali yuborilgan 728 gramm kokain hamda Bo‘stonliq tumanida parvarishlanayotgan 17,6 ming tup ko‘knori va 9 tup kannabis o‘simligi aniqlangan edi.
Live
Barchasi