Samarqand viloyati aholisida yana koronavirusga chalinganlar aniqlandi
Jamiyat
−
29 may 2020
146812020 yil 29 may soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 20 nafarga ortdi 3488 nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 4 nafari Samarqand viloyatida aholi orasidan aniqlangan. Shuningdek, shu yilning 25 mayida Rossiya, 26 mayda esa Qozog‘istondan Qo‘ng‘irot tumanidagi chegara posti orqali mamlakatimiz xududiga kirib kelgan 2 nafar xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisida tasdiqlangan. Koronavirus infeksiyasi qayd etilishi bilan bog‘liq bo‘lgan bugungi yana 14 holat shu yilning 25 mayida Yekaterinburg -Toshkent yo‘nalishidagi charter reys bilan yurtimizdagi Karantin markaziga olib kelingan fuqarolar orasida aniqlandi.
Ayni paytda 2728 (+34) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar butunlay sog‘aydi.
Avval xabar qilganimizdek, tuzalganlarning 5 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, 7 nafari Samarqand viloyati hamda 22 nafari Toshkent shahridan.
Hozirda mamlakatda davolanayotgan 746 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
LiveBarchasi