Rossiyadan 501 nafar o‘zbekistonlik qaytarildi

Jamiyat

image

Kecha, 3 avgust kuni Rossiya Federatsiyasining Qozon va Yekaterenburg shaharlaridan 501 nafar O‘zbekiston fuqarosi charter reys orqali olib kelindi. Samolyotlar Samarqand xalqaro aeroportiga qo‘ndi.

3 ta charter reys orqali 501 nafar o‘zbekistonlik manzilga xavfsiz keltirildi. Barcha yo‘lovchilar Maxsus komissiya belgilagan tartib-qoidalarga asosan Samarqand shahridagi karantin markazi (Kimyogarlar shaharchasi) hududiga olib ketildi.

Yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishda pandemiya tarqalishining oldini olish bo‘yicha barcha choralar qo‘llanildi.

Eslatib o‘tamiz, 2-16 avgust oralig‘ida xorijdagi O‘zbekiston fuqarolarini Vatanga qaytarish uchun 24 ta charter reys qo‘yilgan. Ularning ikkitasi talabalar uchun mo‘ljallangan.


Maqola muallifi

Teglar

charter reys

Baholaganlar

184

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing