Samaradagi o‘zbekistonliklar ham poyezdda olib kelinadi
Jamiyat
−
24 avgust 2020
5414Avvalroq, Rossiyaning Rostov-Don shahridan 900 dan ortiq O‘zbekiston fuqarosi poyezdda Vatanga qaytarilishi haqida xabar bergan edik.
Kecha, 23 avgust kuni poyezd 927 nafar o‘zbekistonlik bilan “Pervomayskaya” stansiyasidan O‘zbekistonga jo‘nagan.
O‘zbekistonga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining qarori bilan Samara viloyatidagi vatandoshlarni olib kelish uchun “Toshkent-Kinel-Toshkent” temir yo‘l reysini tashkil etish belgilangan.
O‘zbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi xabar qilishicha, vatandoshlarning olib kelish uchun “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ poyezdi Samara viloyatining “Kinel” stansiyasiga 24 avgust kuni yetib kelishi rejalashtirilgan.
O‘zbekistonga qaytib kelganidan so‘ng fuqarolar Respublika maxsus komissiyasi tomonidan belgilangan talablarga qat’iy rioya qilgan holda karantinda bo‘lishlari shart.
Avvalroq, Rossiyaning Qozog‘iston bilan chegarada joylashgan Samara viloyatida yana o‘zbekistonliklar to‘plangani haqida xabar bergan edik. Ular endilikda chegara yaqiniga emas, Kinel poyezd stansiyasida to‘planyapti.
LiveBarchasi