Rossiyadagi YTHda o‘zbekistonlik og‘ir jarohatlandi

Olam

image

Rossiyaning Kalinin tumanidagi yo‘l-transport hodisasida O‘zbekiston fuqarosi jiddiy jarohatlandi. Bu haqda Rossiya Yo‘l harakati xavfsizligi davlat inspeksiyasining Tver viloyati bo‘yicha boshqarmasi xabar berdi.

Davlat avtoinspeksiyasining ma’lumotiga ko‘ra, YTH Tver viloyati Kalinin tumanidan o‘tuvchi M-10 federal trassasining 153-kmda yuz bergan. Moskva tomonga harakatlanayotgan Chevrolet Lanos rusumli avtomobil GAZel Next bilan to‘qnashgan.

YTH natijasida Chevrolet Lanos haydovchisi – O‘zbekiston fuqarosi jabrlangan. Erkak Tver klinik shifoxonasiga yetkazilgan.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Rossiya

Baholaganlar

19

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing