Rossiyadagi omborda o‘zbekistonlik migrant halok bo‘ldi
Olam
−
08 Sentabr
11132Joriy yilning 6 sentyabr kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri Pervomayskiy tumanidagi omborda o‘zbekistonlik ishchi tigel press ichiga kirib ketishi oqibatida vafot etdi. Bu haqda “78.ru” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, hodisa shu kuni soat 10:00 atrofida Kolomyajskiy prospektida joylashgan omborxonada sodir bo‘lgan. Aniqlik kiritilishicha, 26 yoshli o‘zbekistonlik yigit beixtiyor tigel pressiga tushib ketgan. Yigit olgan jarohatlari tufaryli vafot etdi.
“Voqea joyiga tergov guruhi yetib kelgan. O‘lim sababini aniqlash uchun ishchining jasadi o‘likxonaga jo‘natildi”, deyiladi xabarda.
Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, fuqaro migratsiya organlarida ro‘yxatdan o‘tmagan va rasman ishga ham joylashmagan. Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, Rossiya Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atish masalasi hal qilinmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Leningrad viloyati Lodeynopolskiy tumanida 29 yoshli o‘zbekistonlik erkak tuproq bosib qolishi oqibatida vafot etgandi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr