Rossiyadagi noqonuniy migrantlar soni e’lon qilindi 

Olam

image

Ayni paytda Rossiyada 670 ming kishi noqonuniy ravishda yashamoqda. Bu haqda Rossiya Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari, general-polkovnik Aleksandr Gorovoy “Komsomolskaya pravda” radiosiga bergan intervyusida ma’lum qildi. 

Gorovoyning so‘zlariga ko‘ra, noqonuniy migrantlarning yarmidan ko‘pi ayollar va bolalar hisoblanadi. 2024 yil 30 dekabrdan 2025 yil 30 aprelgacha noqonuniy migrantlar ushbu masalani hal qilish uchun tegishli idoralarga murojaat qilishlari mumkin.

“Maxsus tekshiruvlar o‘tkazilib, jamoat tartibiga tajovuz qiluvchi huquqbuzarliklar sodir etilmagani baholangandan so‘ng biz ushbu chet el fuqarolarining huquqiy maqomini tartibga solamiz. Agar yo‘q bo‘lsa, ular vataniga qaytishga majbur” , degan Aleksandr Gorovoy.

Ma’lumot uchun, xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston fuqarolari soni 2024 yilning boshiga 1,9 mln kishini tashkil etgan bo‘lsa, hozirda ular soni 1,34 mln kishini tashkil etgan. 2024 yilning o‘zida 162 ming fuqaro Migratsiya agentligi hamda xususiy bandlik agentliklari tomonidan xorijiy davlatlarga ishga yuborilgan. Bu esa ko‘rsatkichlar 2023 yilga nisbatan 4 baravarga o‘sganligini ko‘rsatadi. Bundan tashqari, diversifikatsiya natijasida ilk bor Polsha, Xorvatiya, Belgiya, Slovakiya, Chernogoriya, Bolgariya, Saudiya Arabistoni, Qatar mamlakatlariga 10 ming fuqaro ishga joylashtirilgan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Markaziy Osiyodan kelgan ishchilar o‘rniga hindistonlik mehnat muhojirlarini jalb qilish imkoniyatini muhokama qilayotgani xabar qilingandi.

Mohimbegim Ma’rufaliyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Rossiya migrantlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing