Rossiyadagi migrantlarning pul jo‘natmalari kamaydi. O‘zbekistonliklar bundan mustasno
Olam
−
16 iyul 2021
5091MDH davlatlari orasida faqat o‘zbekistonlik migrantlarning pul o‘tkazmalari miqdori oshdi. Rossiya Banki ma’lumotlariga ko‘ra, yil davomida mehnat migrantlari respublikaga 12,4 foiz ko‘proq yoki 680,4 million dollar jo‘natdilar.
“Sputnik” nashrining yozishicha, barcha MDH davlatlariga 2021 yil I-choragida o‘tkazmalar hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 13,5 foizga kamaydi va 1,85 milliard dollarni tashkil etdi.
Turkmaniston esa boshqa davlatlar bilan taqqoslaganda eng kuchli pasayish kuzatildi: o‘tgan yil I-choragida respublikaga 0,8 million dollar jo‘natilgan bo‘lsa, bu yil esa atigi 0,1 million dollar.
Moldovaga 2 baravarga (44,8 mln dollar), Tojikistonga - 37,3 foizga (224,9 mln dollar), Ukrainaga - 32,6 foizga (153,1 mln dollar), Ozarbayjonga - 29 foizga (127,7 mln dollar), Qozog‘istonga - 28,2 foizga (20,6 mln. dollar), Qirg‘izistonga - 10 foizga (378,8 mln. dollar) kamaydi.
LiveBarchasi