Rossiyadagi migrantlar uchun imtihonlarga o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin

Olam

image

Rossiyada Ta’lim va fanni nazorat qilish federal xizmati (Rosobrnadzor) mehnat muhojirlari uchun imtihonga og‘zaki nutq testini kiritishi mumkin va maqsadga muvofiq deb hisoblaydi. Bu haqda RBK xabar berdi.

“Mamlakatimizda bo‘lishlari davomida turli hayotiy vaziyatlarda bo‘lgan ko‘pchilik muhojirlar rossiyaliklar bilan og‘zaki muloqot qilishlari shart”, deya tushuntirgan Rosobrnadzor xodimi RBKga.

Mehnat muhojirlari uchun imtihonga “Gaplashish” bo‘limini kiritish uchun rus tilidan chet tili sifatidagi imtihon o‘tkazish to‘g‘risidagi, Rossiya tarixi va mamlakat qonunchiligi asoslari to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish kerak bo‘ladi.

Shuningdek, yashash uchun ruxsatnoma yoki fuqarolikni olish uchun zarur bo‘lgan xorijliklar uchun minimal imtihon balli qayta ko‘rib chiqiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyada migrantlarning yil davomida bo‘lish muddatini 90 kungacha qisqartirish taklif qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya migrantlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing