Rossiyadagi qurilish joyidan o‘zbekistonlik betonchining jasadi topildi
3-sahifa
−
26 aprel 18382 1 daqiqa
Rossiyaning Kemerovo shahri markazida qurilayotgan madaniy klaster hududidan 46 yoshli o‘zbekistonlik erkakning jasadi topildi. Bu haqda kecha, 25 aprel kuni Kuzbass viloyati Tergov qo‘mitasiga tayanib, NGS42 xabar berdi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, erkak 15 metr balandlikdan tushib ketishi oqibatida voqea joyida vafot etgan. Nashr manbasiga ko‘ra, halok bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi taxminan uch hafta oldin 46 yoshni qarshi olgan.
“Prezident Vladimir Putin tashabbusi bilan bunyod etilayotgan madaniy klaster qurilishini olib borayotgan “Stroytransgaz” kompaniyalar guruhi matbuot xizmati ham hodisa yuz berganini tasdiqlab, halok bo‘lgan shaxs betonchi bo‘lib ishlaganiga aniqlik kiritdi”, deyiladi xabarda.
Hozirda dastlabki surishtiruv ishlari boshlangan, hodisa sabablari o‘rganilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi Krasnoselskiy – Kalininskiy metro liniyasi qurilish maydonchasida o‘zbekistonlik erkak ekskavator kovushi ostida qolib, halok bo‘lgandi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr